24/05/2024

2024-yil yanvar-aprel oylari holatiga O‘zbekiston tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 68 korxona va tashkilotlar tomonidan 54,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 104,5 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Yirik korxonalar – 2,4 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 32,5 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor – 19,1 mlrd. so‘m

Bundan tashqari:
Yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish – 36,2 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 227,8 ming so‘m

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Bino va inshootlarni qurish – 39,9 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 11,9 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 2,2 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.