24/05/2024

2024-yil yanvar-aprel oylari holatiga Toshloq tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 119 korxona va tashkilotlar tomonidan 118,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,4 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Yirik korxonalar – 2,4 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 85,7 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor – 29,9 mlrd. so‘m

Bundan tashqari:
Yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish – 75,1 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 541,1 ming so‘m

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Bino va inshootlarni qurish – 59,8 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 47,3 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 10,9 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.