24/05/2024

2024-yil yanvar-aprel oylari holatiga So‘x tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 73 korxona va tashkilotlar tomonidan 27,1 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105 1%ni tashkil etdi.

Shundan:
Yirik korxonalar – 2 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 16,8 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor – 8,3 mlrd. so‘m

Bundan tashqari:
Yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish – 20,7 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 322,1 ming so‘m

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Bino va inshootlarni qurish – 9,8 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 14,9 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 2,4 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.