24/05/2024

Kuni kecha Uchko‘prik tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Z.Abdurahimova tomonidan Uchko‘prik tumanida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati monitoring qilinib, olingan ma’lumotlar shaffof va haqqoniy holda planshet qurilmasiga kiritildi.