28/05/2024

2024-yil yanvar-aprel oylari holatiga Bag‘dod tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 110 korxona va tashkilotlar tomonidan 237,2 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 104,2 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Yirik korxonalar – 9,2 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 197 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor – 31 mlrd. so‘m

Bundan tashqari:
Yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish – 92,3 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 1 015,4 ming so‘m

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Bino va inshootlarni qurish – 170,4 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 50,5 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 16,3 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.