28/05/2024

2024- yilning yanvar - aprel oyida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 65,3 % to‘g‘ri keldi. 2023-yilning yanvar-aprel oyiga nisbatan 0,1 punktga ko‘paydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2023- yilning yanvar- aprel oyiga nisbatan 109,2 %ni tashkil etgan holda 1971,9 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.