28/05/2024

2024- yilning yanvar-aprel oyida, viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 276,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Bunda:
Har-xil yoshdagi qora mollar savdosi - 217,0 mlrd. so‘mni
Qo‘y va echkilar – 55,4 mlrd. so‘mni
Otlar – 2,8 mlrd. so‘mni
Parrandalar – 1,5 mlrd. so‘mni tashkil qildi.