30/05/2024

Xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi eksportning barqaror o‘sishiga ko‘maklashadi va bu o‘z navbatida maʼlum natijalarga erishish uchun zamin yaratadi. Viloyatning eksport salohiyatini oshirish, eksportyorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar natijasida eksportyorlar soni 456 taga yetdi va ular tomonidan 181,7 mln. AQSH dollari  tovar va xizmatlar eksport qilinishi taʼminlandi.2023-yilning mos davriga nisbatan 6,0 %ga ko‘paydi.