30/05/2024

2024-yil yanvar-aprel oylari yakuni bo‘yicha 95,1 mln. AQSH dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 52,3 %ini tashkil etdi. O‘tgan yilga nisbatan 6,8 %ga ko‘paydi. Yil boshidan 91 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 23 ta davlatiga eksport qilindi.

Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida:
Paxta ip - 63,0 mln. AQSh dollari
Trikotaj mato - 3,9 mln. AQSh dollari
Tayyor trikotaj va tikuvchilik kiyimlari - 17,5 mln. AQSh dollari asosiy ulushni egallagan.