31/05/2024

Joriy yilning 31- may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmish darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklarida kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassislari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Sh.Zokirov qatnashib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2024-yil 28-maydagi 117 – 118- sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Uy xo‘jaliklarida tanlanma kuzatuvlar o‘tkazish bo‘yicha intervyuyerlar uchun” qo‘llanma hamda “Axolining umumiy daromadlarini hisoblash bo‘yicha uslubiy” Nizom bilan tanishtirildi.