Joriy yilning 6-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining direktori o‘rinbosari Z. Ziyayev, Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Mamadaliyev, Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Sh. Zokirov hamda “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi N.Umarovalar tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Farg‘ona shahriga qarashli “Sohibkor” MFY, “Yaxshilik” ko‘chasi, 93-uyda istiqomat qiluvchi J.Gaziyevlar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi.
Kuzatuv jarayonida xonadon egasiga so‘rovnomada belgilangan savollar berilib, olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi. Bundan tashqari, mazkur kuzatuv ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida respondentga tushuncha berildi.