Joriy yilning 6-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining direktori o‘rinbosari Z. Ziyayev, Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Mamadaliyev, Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Sh. Zokirov hamda “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi mutaxassislari bilan birgalikda joylarda mazkur tadbirga tayyorgarlik ishlari qanday olib borilayotganligi o‘rganildi.
Chunonchi, Farg‘ona shahriga qarashli “A.Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, raqamlanmagan uylarni raqamlashtirish, ko‘cha nomi belgilarining ilinganligi, noturar obyektlarni mahallaning yangilangan xaritasi bilan solishtirish ishlari olib borildi. Shu bilan birga mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida ham kelishib olindi. Olib borilgan ishlar yuzasidan Z. Ziyayev o‘z taklif va tavsiyalarini berdi.