2024- yilning yanvar-iyun oylarida import hajmi 514,5 mln. AQSH dollarini va 2023- yilning mos davriga nisbatan 81,5 % ni tashkil etdi. Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (28,6 %), sanoat tovarlari (28,1 %) hamda oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (16,3 %) hisobiga toʻgʻri keldi.