O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida 2024- yil 21-fevral kunidagi PF -37-son Farmonida fuqarolarni kiberjinoyatlari qurboniga aylanishini oldini olish hamda kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda fuqarolarda ‘kibergigiena”ni shakllantirish vazifasi hamda Farg‘ona viloyati hokimining 2024-yil 11- iyun kunidagi 342-11-0-Q/24-sonli qarori qabul qilingan bo‘lib, Farg‘ona viloyatida “Kibermadaniyatini yuksaltirish oyligi” doirasida joriy yilning 2- avgust Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish – davr talabi” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti A. Nurmatov sozga chiqib, kiberjinoyatchilik – axborotni egallash, uni o‘zgartirish, yo‘q qilish yoki axborot tizimlari va resurslarini ishdan chiqarish maqsadida kibermakonda dasturiy ta’minot va texnik vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar yig‘indisi hisoblanishi, kibermakon esa – axborot texnologiyalari yordamida yaratilgan virtual muhit ekanligi, kiberxavfsizlikni ta’minlashdagi asosiy prinsiplar – qonuniylik, shaxs va davlat manfaatlarini himoya qilish, sohaga yagona yondashuv, tizimni yaratishda (davlat xaridlarida) mahalliy ishlab chiqaruvchilarga ustuvorlik berish, xalqaro hamkorlik uchun ochiqlik hisoblanishi, O’zbekiston qo‘shilgan xalqaro shartnomalarda ko‘zda tutilgan boshqacha qoidalarda ustuvorlik berilganligi, kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli organ – DXXga sohaga doir normativ hujjatlar va dasturlar ishlab chiqish, ularning ijrosini nazorat qilish, kiberxavfsizlik hodisalari yuzasidan tezkor tadbirlar va tergov harakatlari olib borish, shuningdek ularning oldini olish, bartaraf qilish va oqibatlarini tugatish bo‘yicha texnik choralar ko‘rish, sohaga doir tadqiqotlar va monitoringlar o‘tkazish, muhim axborot infratuzilmalari obyektlarining yagona reyestrini shakllantirish, ularning xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni belgilash, axborotni kriptografik himoya qilish vositalarini ishlab chiqishga doir faoliyatni litsenziyalash, muhim axborot infratuzilma obyektlariga kiberhujumlarga urinishlarning oldini olish, davlat boshqaruv organlari va mahalliy hokimliklarni kibertahdidlar haqida ogohlantirish, O’zbekiston kibermakonida terrorchilik, ekstremistik va boshqa qonunga xilof faoliyat olib borilmasligi choralarini ko‘rish, kiberxavfsizlik sohasida kadrlarni tayyorlash va boshqa ko‘plab vakolatlar berilganligi haqida ma’ruza qildi. Bundan tashqari, vakolatli organ kiberhujumlarni aniqlash va bartaraf etishda texnik, dasturiy vositalarni ijaraga olish, kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rish uchun texnik qurilmalar va xizmatlardan tekin foydalanish, davlat organlari va tashkilotlariga kirish, ulardan zarur hujjatlar va materiallarni olish va foydalanish, tekshiruv va nazoratni amalga oshirish uchun davlat tashkilotlari, muhim axborot infratuzilmalari obyektlarining axborot tizimlari va resurslariga to‘sqinliksiz kirish huquqlarga ega ekanligi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
Axborot xizmati.