12/11/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma'lumotiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida yetishtirilhan uzum hajmi 151,0 ming tonna miqdorida qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda o‘sish sur’ati 125,0 % ni tashkil etgan.
Yetishtirilgan uzum umumiy hajmining eng yuqori ulushi Oltiariq (46,3 %) hissasiga to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, yuqori ulush Qo‘shtepa (11,0 %), Farg‘ona (10,7 %), O’zbekiston (6,8 %), Quva (3,4 %) tumanlarida qayd etildi. Past ko‘rsatkichlar So‘x (0,0 %), Qo‘qon (0,1 %) va Farg‘ona (0,7 %) shaharlari hamda Furqat (0,7%) tumanlarida kuzatildi. 2024- yilning mos davriga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari Beshariq (5,5 m), Qo‘qon sh (5,4 m), Toshloq (2,1 m), Oltiariq (164,6 %), Farg‘ona sh (162,2 %), Furqat (114,3 %) va Uchko‘prik (113,5 %) tumanlarida qayd etildi.