Farg‘ona viloyati statistrika boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-sentabr oyida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 27 349,9 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 109,9 % ga yetdi. Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 3 536,5 mlrd so‘mni (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 136,4 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining tovar aylanmasi 21 628,2 mlrd so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,8 %), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 2 185,2 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 109,6 %) tashkil etdi.




