2024-yil yanvar-iyul oylari holatiga Quva tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 93 korxona va tashkilotlar tomonidan 242,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 79,2 %ni tashkil etdi.
Shundan:
Yirik korxonalar – 6,3 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 128,0 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor – 108,6 mlrd. so‘m
Bundan tashqari:
Yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish – 173,8 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 877,5 ming so‘m
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Bino va inshootlarni qurish – 172,1 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 54,0 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari –16,8 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.