29/08/2024

Farg‘ona viloyati hokimligining 2024- yil 28- avgust kungi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-son qarori bilan tasdiqlangan “Rasmiy statistika sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha Yo‘l xaritasi”ning 32-bandi, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6,25- moddalariga asosan, hududdagi ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar sifatini yanada yaxshilash, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda iqtisodiyot tarmoqlari xodimlarining “Statistika asoslari” bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida 294-11-0-F/24-sonli Farmoyishi qabul qilindi. 

Ushbu Farmoyishning bajarilishi yuzasidan joriy yilning 29-avgust kuni mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda iqtisodiyot tarmoqlari xodimlari uchun sayyor o‘quv kurslari tashkil etildi. Oquv kurslarni “Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti dotsenti M. Sunnatov o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok Ma’ruzasida "Statistika" fanining predmeti, metodi, usullari va vazifalari, statistik kuzatish, tasnifi va usullari, statistik ko‘rsatkichlar, mutlak va nisbiy ko‘rsatkichlar, statistik ma’lumotlarni taqdim etish usullari kabi mavzular bo‘yicha ma’lumotlar berdi.

 

Axborot xizmati.