Joriy yilning 30-avgust kuni Marg‘ilon shahar “Tuyagum” MFY faollari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A.Nurmatov qatnashib, kun tartibiga qo‘yilgan birinchi masala – O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyun kungi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son Qonunning mohiyati va ahamiyati yuzasidan ma’ruza qildi. Qonun davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga, shuningdek, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etilganligi, unga davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi, manfaatlar to‘qnashuvi, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha maxsus bo‘linma, shaxsiy manfaatdorlik, yaqin qarindoshlar kabi asosiy tushunchalar kiritilganligi. shaxslar davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimiga aloqador shaxslar davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining yaqin qarindoshlari, davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi va (yoki) uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsning ustav fondi aksiyalariga yoki ulushlariga egalik qilsa, o‘sha yuridik shaxs, ular qaysi yuridik shaxsda boshqaruv organining rahbari yoki a’zosi bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxs, korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanishi, "Manfaatlar to‘qnashuvi" huquqiy atama sifatida O‘zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonunida keltirib o‘tilganligi, davlat va jamiyat hayotining turli sohalaridagi o‘zgarishlar natijasida davlat xizmatida korrupsiya o‘zining turli yashirin va zamonaviy ko‘rinishlari bilan yuzaga kelishi, bunda korrupsiogen xususiyatga ega bo‘lgan huquqbuzarliklar nafaqat moddiy pul va qiymatliklar asosida, balki turli harakatlarni amalga oshirish yoki oshirmaslik natijasida, davlat va jamiyat hayotiga zarar yetkazishga olib kelishi, manfaatlar to‘qnashuvi zamirida ham aynan turli yakka shaxs va guruhlarning, taraflarning manfaatlari bilan davlat va jamiyat manfaatlari to‘qnashuvi yuzaga kelishi haqida ma’ruza qildi.
Shu bilan birga kun tartibiga kiritilgan ikkinchi masala – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-avgustdagi “Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-124-son farmonining mohiyati va ahamiyati yuzasidan ham to‘xtalib o‘tildi. Farmonga muvofiq davlat va jamiyat hayotida fuqarolik jamiyati institutlari faolligini yanada oshirish, jamiyat manfaatlari va aholining haqiqiy ehtiyojlarini ko‘zlagan tashabbuslarni ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli ijtimoiy sheriklikni yanada rivojlantirish, ta’sirchan jamoatchilik nazorati olib borilishini rag‘batlantirish, fuqarolik jamiyati institutlarining xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarini yo‘lga qo‘yish, fuqarolik jamiyati institutlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va qulay tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratish fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari etib belgilanganligi, fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etilishi, Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda uning hududlarda bo‘linmalari tashkil etilishi, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oila a’zolariga beriladigan pul mablag‘lari tarzidagi homiylik xayriyalarining soliq solinmaydigan miqdorini 15 million so‘mdan BHMning 100 baravarigacha (34 mln so‘mgacha) oshirilishi, 2025-yil 1-yanvardan nogironligi bo‘lgan shaxslar, faxriylar, xotin-qizlar hamda bolalar jamoat birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun belgilangan davlat bojlari miqdorini 2 baravarga kamaytirilgan holda undirilishi haqida atroflicha tushuncha berildi.
Axborot xizmati