04/09/2024

2024-yil yanvar-iyul oylari holatiga Yozyovon tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 91 korxona va tashkilotlar tomonidan 147,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,1 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Yirik korxonalar – 12,0 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 70,5 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor – 65,4 mlrd. so‘m

Bundan tashqari:
Yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish – 112,2 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 1 229,2 ming so‘m

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Bino va inshootlarni qurish – 74,5 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 67,0 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 6,4 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.