Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida viloyatimizning barcha hududlarida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda. Jumladan, joriy yilning 4-sentabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi N.Umarova tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Farg‘ona shahridagi “Istiqbol” MFYda istiqomat qiluvchi F.Husanovalar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazib, fuqarodan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.