06/09/2024

Turli vazifalarni hal qilish uchun mamlakatlar aholining iqtisodiy xususiyatlarini bir yoki bir nechta mehnat faoliyatida ishtirok etish nuqtayi nazaridan oʻlchashlari mumkin. Xususan, aholini roʻyxatga olish doirasida oʻlchov:

a) ish bilan taʼminlash ishchi kuchi statistikasini rivojlantirishning tarkibiy qismi sifatida ishsizlik va ishchi kuchidan foydalanmaslikning boshqa koʻrsatkichlarini baholash uchun aholining mehnat bozoridagi ishtiroki va qisqa muddat davomida ishchi kuchida ishtirok etish holatiga koʻra aholini tasniflash juda muhimdir;

 b) aholini roʻyxatga olish va qishloq xoʻjaligining roʻyxati aholi soni, oʻzlari uchun tovarlar ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan faoliyatlar, aholining oʻziga xos guruhlari qishloq xoʻjaligi, baliq ovlash va yoki ov qilish hamda oʻzlarining foydalanishlari uchun tirikchilik bilan shugʻullanish mamlakatlarda juda muhim sanaladi

Batafsil kuzatish zarurligini hisobga olgan holda, oʻz ehtiyojlari uchun xizmatlarni ishlab chiqarishda ishtirok etishini oʻlchash, malaka oshiruvchilarning bepul ishi, koʻngillilarning faoliyati uy xoʻjaliklari soʻrovlari shaklini kengaytirish yoki aholini roʻyxatga olish savolnomasiga qoʻshish istagi paydo boʻlishi mumkin

 Aholining iqtisodiy xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har bir mamlakatning shartlari asosida belgilangan minimal yoshga yetgan har bir shaxs uchun toʻplanishi kerak. Milliy dasturlarda mehnatga layoqatli aholi yoki bolalar mehnati statistikasidan aholini roʻyxatga olish doirasida ishlab chiqilgan maʼlumotlar asosida foydalaniladi. Mehnatga layoqatli aholi statistikasini tuzish uchun standartlarga muvofiq, mamlakatlarda ish haqining minimal yoshiga milliy qonunlarda yoki qoidalarda belgilangan istisnolardan yoki majburiy maktab taʼlimining tugash yoshidan kelib chiqib belgilanishini tavsiya qiladi. 

Aholining iqtisodiy xususiyatlarini oʻlchash uchun yuqori yosh chegarasini belgilash tavsiya etilmaydi, chunki, koʻpchilik odatdagidan keyin turli xil mehnat shakllarida ishtirok etishni davom ettiradi. Pensiya yoshi va ularning soni aholining “qarishi” bilan bogʻliq omillar taʼsiri ostida oʻsib borayotgan koʻrinadi. Ammo, keksa odamlarning (75 yosh va undan katta) iqtisodiy xususiyatlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni yigʻish va qayta ishlash xarajatlarini ularga qoʻshimcha yuk va qidirilayotgan maʼlumotlarning ahamiyati va ishonchliligi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

 

O. Mirzaakbarov,

Buvayda tumani statistika bo‘limi boshlig‘i.