2024-yilning yanvar-avgust oylari holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hajmi 152,2 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,6 %ni tashkil etdi.