Joriy yilning 11- oktabr kuni Toshloq tumanining 33 va 37- umumiy o‘rta ta’lim maktablarining pedagoglari ishtirokida Farg‘ona viloyat statistika hamda viloyat adliya boshqarmalari hamkorligida huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti A.Nurmatov so‘zga chiqib, kun tartibiga qo‘yilgan birinchi masala - O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyun kunidagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son Qonunning mazmun – mohiyati va ahamiyatini yuzasidan tushuntirildi. Qonunga ko‘ra, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi axborotni oshkor etish davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi tomonidan mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabarnoma hamda ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etish orqali amalga oshirilishi, ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiya davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining lavozimi hamda uning familiyasi, ismi, otasining ismi, shuningdek, uning JShShIR, davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimi yaqin qarindoshlarining familiyasi, ismi va otasining ismi, ularning JShShIRi (mavjud bo‘lgan taqdirda), shuningdek, ish joyi va lavozimi, davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi yoki uning yaqin qarindoshlari aksiyador bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatining rasmiy nomi va uning STIRi, davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining yaqin qarindoshi muassis (ishtirokchi), boshqaruv organi a’zosi bo‘lgan yuridik shaxsning rasmiy nomi, shuningdek, uning STIRi kabi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerakligi, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni deklaratsiya qilish va oldindan xabar berish tartibini yo‘lga qo‘yish, bunga amal qilmaganlarni esa jarimaga tortish belgilanganligi, korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’muriy bayonnoma tuzish bo‘yicha vakolatli organ bo‘lishi ko‘zda tutilganligi haqida so‘z yuritildi. Shu bilan birga, manfaatlar to‘qnashuvi – davlat tashkiloti xodimining, uning yaqin qarindoshlarining va unga aloqador shaxslarning shaxsiy manfaatlari bilan fuqarolarning, tashkilotning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelgan va kelayotgan yoxud yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat vujudga kelishi, davlat tashkiloti xodimlari, ularning yaqin qarindoshlari va ularga aloqador shaxslarning manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishda bir qator cheklovlar belgilanganligi haqida ham to‘xtalib o‘tildi.
Bundan tashqari kun tartibidagi ikkinchi masala - “Giyoxvandlik asr vabosi” mavzusida ma’ruza qildi. U o‘z so‘zida, giyohvandlikka qarshi kurashish, ularning zararli oqibatlaridan kishilarni xabardor qilish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish doimiy va muhim faoliyat turlaridan biri ekanligi, giyovandlikka chalingan kimsalar oilasining tinchi buzilayotgani, farzandlarining qarovsiz qolayotgani, o‘zlari esa salomatligini yo‘qotib, bevaqt o‘lim topayotganligi, hayot uchun muhim funksional tizimlarning izdan chiqishi, xastalikning psixik va fiziologik alomatlari rivojida ko‘rinib qilishi, narkotik modda iste’mol qilayotgan shaxs asta-sekin psixik jarayonlar faolligini oshiruvchi vositalarsiz xissiy idrok etish layoqatini yo‘qotishi, achinarlisi, hayot lazzatini giyohvand moddalarsiz tasavvur eta olmay qolishi. giyohvandlikka chalingan shaxslarni jinoyat ko‘chasiga boshlayotgani, tibbiyot qo‘llanmalarida keltirilishicha, qoradori inson organizmiga kirgach, ichaklarga surilib, qorindagi qon aylanish yo‘li bilan jigarga yetib borishi, natijada jigar xujayralari ta’sirlanib, tsirroz kasalligini keltirib chiqarishi, qoradori qayta-qayta iste’mol qilinishi oqibatida jigar tsirrozi kuchayib borishi, Jigar kichrayib, qotib qolgach, faoliyati susayishi, uning xujayralari atrofida yog‘lar cho‘kib qolishi, giyohvand moddalarning oqsillari xalaqit bergani uchun yig‘ilib qolgan zararli moddalar qon aylanishi bilan markaziy asab tizimiga qadar yetib borishi va boshqa shu kabi ma’lumotlar haqida rtng va atroflicha tushuncha berdi.