09/09/2025

Joriy yilning 9- sentabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi mutaxassisi O. Holbekov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Quva tumaniga qarashli “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi O. Ibragimovlar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida respodentga tushuncha berildi va fuqarodan olingan ma’lumotlarni joyida planshet qurilmasiga kiritildi.