Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2024- yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 10 904,9 mlrd so‘mni tashkil etgan. Bu esa 2023- yilga nisbatan qurilish ishlarini 5 524,2 mlrd so‘mga oshishini ta’minladi.
Shundan kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining taqsimlanishi:
Yangi qurilish ishlarining rekonstruksiya, kengaytirish, texnikaviy qayta qurollantirishda - 3 317,3 mlrd so‘m
Kapital ta’mirlashda - 438,2 mlrd so‘m
Joriy ta’mirlashda - 315,6 mlrd so‘m
Boshqa pudrat ishlarida - 1 375,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Hududlar bo‘yicha eng ko‘p bajarilgan qurilish ishlari hajmi:
Farg‘ona sh - 3 955,1 mlrd so‘m
Marg‘ilon sh - 1 183,6 mlrd so‘m
Qo‘qon sh - 866,8 mlrd so‘m
Uchko‘prik t - 690,5 mlrd so‘m
Oltiariq t - 516,7 mlrd so‘m ga to‘g‘ri kelgan.