09/09/2025

Uy xo‘jaliklarida kuzatuv o‘tkazish uslubiyoti Jahon Banki va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa Iqtisodiy Komissiyasining tavsiyalariga asoslangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida o‘tkaziladi. Xususan, joriy yilning 9-sentabr kuni boshqarmaning Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi mutaxassisi M. To‘xtamatov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Oltiariq tumaniga qarashli “Sharq” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan xonadonda so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnoma natijalaridan aholining turmush darajasi, ta’lim, atrof-muhit, sog‘liqni saqlash, kambag‘allik ko‘rsatkichlarini, iste’mol narxlari indeksini hisoblash, milliy hisoblar tizimida uy xo‘jaliklari sektori hisoblarini tuzish va boshqa statistika hisob-kitoblarda foydalanilanish ko‘zda tutilganligi haqida respondentga tushuntirish ishlari olib borildi.