06/11/2024

2024- yilning yanvar-sentabr oyida, viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 647,1 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bunda har-xil yoshdagi qoramollar savdosi 503,8 mlrd so‘m, qo‘y va echkilar – 132,5 mlrd so‘mni, otlar – 6,8 mlrd so‘mni, parrandalar – 4,0 mlrd so‘mni tashkil qildi.