2024- yilning yanvar-sentabr oylarida ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 12 380,5 mlrd so‘mga yetdi. 2023- yilning mos davriga nisbatan 1,3 % ga oshdi. Bunda savdo aylanmasining 99,0 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.