12/11/2024

    Joriy yilning 8-noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A.Nurmatov qatnashib, kun tartibiga qo‘yilgan birinchi masala – O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-noyabrdagi “Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘RQ-989-son  Qonunining mohiyati va ahamiyati yuzasidan ma’ruza qildi. Mazkur qonunga ko‘ra, psixologik yordam – tang (krizisli) vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etishga, shaxslararo munosabatlarni hamda ruhiy salomatlikni yaxshilashga, shaxsiyatni rivojlantirishga yoki insonning ijtimoiy moslashuvini yaxshilash uchun psixologik ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan, psixologik yordam ko‘rsatish standartlariga muvofiq amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmui hisoblanishi, psixologik yordam davlat organlarida yoki boshqa tashkilotlarda ishlovchi psixologlar yoxud ushbu sohada xususiy tartibda faoliyat olib boruvchi yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan bepul yoki pullik asosda ko‘rsatilishi, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilarning psixologik salomatligini saqlash, sog‘lom psixologik muhit yaratish va ularning shaxsiy rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida psixologik yordam ko‘rsatish tashkil etilishi, shaxs psixologik yordam ko‘rsatish sohasidagi tadqiqotlarga yoki ilmiy tajribalarga faqat ixtiyoriy ravishdagi yozma roziligi yoki o‘z qonuniy vakillarining yozma roziligi olinganidan keyin jalb etilishi mumkinligi belgilanganligi, psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega ekanligi, shaxsning psixologik yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilganligi fakti, psixologik yordam natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va psixologik yordam ko‘rsatish chog‘ida olingan boshqa ma’lumotlar psixologning kasbiy sirini tashkil etadi hamda shifokor siriga tenglashtirilishi haqida shu va boshqalar haqida ma’ruza qildi.

 

  Bundan tashqari kun tartibiga qo‘yilgan ikkinchi masala -  “Xizmat jarayonida manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish” mavzusidagi ma’ruza to‘xtalib, xizmat jarayonida manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish borasida qabul qilingan qoidalar (yo‘riqnomalar) mavjud bo‘lib, ular ichki me’yoriy hujjati hisoblanishi hamda agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlari o‘rtasida paydo bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash va hal etish tartibini belgilashi, manfaatlar to‘qnashuvi bu shaxsning bevosita yoki bilvosita shaxsiy manfaati mansab (xizmat) majburiyatlarini obyektiv va xolis bajarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi yoki shunday ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan vaziyat, o’z vaqtida bunga qarshi keskin kurashilsa, ya’ni manfaatlar to‘qnashuviga chek qo‘yilsa, korrupsiya barham topishi, ish faoliyatida o‘zgarish, rivojlanish bo‘lishi, shu bois, manfaatlar to‘qnashuviga duch kelganda bevosita rahbarga xabar berilishi, u esa tartibga solish chorasini ko‘rishi kerakligi, ayrim qonun hujjatlarida manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida tushuntirish berilgan bo‘lsa-da, davlat organlari va muassasalarida ularni amalga oshirish va nazorat qilishning aniq mexanizmlari belgilanmaganligi, davlat tashkiloti xodimlari manfaatlariga zid keladigan yoki zid kelishi mumkin bo‘lgan manfaatlar to‘g‘risida xabar berish amaliyoti yo‘lga qo‘yilmagani, davlat tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, ularni aniqlash va tartibga solishning samarali huquqiy mexanizmi bo‘lmagani bu borada qonunchilikni takomillashtirishni taqozo etganligi haqida ham to‘xtalib o‘tildi.

  Shu bilan birga, davlat organining yoki boshqa tashkilotning o‘zi bilan mehnat shartnomasi tugatilgan yoki xizmatdan bo‘shatilgan xodimi ikki yil ichida oxirgi ish joyida o‘zi bevosita yoki bilvosita nazoratni amalga oshirgan tashkilotlar yoxud ularning tarkibiy bo‘linmalari tomonidan ishga ushbu xodim mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirgan tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi nazorat bo‘linmasi vazifasini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning xulosasiga asosan qabul qilinish tartibi ham mazkur qonunda o‘z ifodasini topgankligi haqida so‘z yuritdi.

  Axborot xizmati.