20/11/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi Yozyovon tumani, Furqat tumani, Bag‘dod tumani hamda Qo‘qon shahar statistika bo‘limi boshlig‘i lavozimiga ishga taklif qiladi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

- iqtisodiyot (tarmoqlararo) yo‘nalishi bo‘yicha oliy maʼlumot, iqtisodiyot sohasida 3 yildan yoki statistika tizimida 2 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi lozim;

- davlat tilini mukammal bilgan, rus va ingliz tillarini yuqori darajada egallagan hamda IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan(kamida 6 ball) nomzodlar ijobiy baholanadi;

- kompyuter savodxonligi bo‘yicha -Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarini mukammal bilishi;

- halollik,mehnatsevarlik, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga masʼuliyat bilan yondoshish;

- muammolar yechimi bo‘yicha tezkor fikrlash va o‘z takliflarini taqdim qila olish, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qila olishi;

- mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlardan xabardor bo‘lishi va ular bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora -tadbirlar mohiyatini chuqur anglay olish.

Murojaat uchun: Tel.: 901633125