12/11/2024

       Tadbirda viloyat statistika boshqarmasining axborot xizmati bosh mutaxassisi B.Maksudova qatnashib, u ishtirokchilarga taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘ygan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar jahon hamjamiyati tomonidan munosib e’tirof etilayotganligi, islohotlarning qay darajada natijadorligi esa statistik raqamlar orqali baholanishi, statistika sohasining bugungi kun talablariga mos bo‘lishi, bu jarayonda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida” gi O‘RQ-707-son qonuni alohida o‘rin tutishi haqida to‘xtalib o‘tdi. Xususan, davlat statistikasi faqat statistika organlari tomonidan shakllantirilgan ma’lumotlarni nazarda tutgan bo‘lsa, rasmiy statistika — mamlakatdagi barcha tayyorlovchilar tomonidan ushbu qonunga muvofiq shakllantiriladigan va tarqatiladigan statistik ma’lumotlarni bildirishi, ushbu qonun qoidalariga mos kelmaydigan statistika rasmiy statistika sifatida qabul qilinmasligi ham belgilab qo‘yilganligi haqida ham to‘xtalib o‘tildi. Shundan so‘ng  notiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2024-yil 4-mart kungi “O‘zbekiston Respublikasida Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-114-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, aholini ro‘yxatga olish jarayoni 3-boshqichda o‘tkazilishi, aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida axborot berdi. Tadbir yakunida mavzuga oid  muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

                                                                                                                                                                                                                                  Axborot xizmati.