2024- yil yanvar-sentabr oylarida import tarkibida mashinalar va transport asbob-uskunalari hajmi 324,7 mln AQSH dollarini tashkil etib, 2023- yilning shu davriga nisbatan 8,9 % ga kamaydi va importning umumiy hajmidagi ulushi 34,5 % ga yetdi. 2024-yil yanvar-sentabr oylarida mashina va transport asbob-uskunalari importi hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 31,8 mln AQSH dollariga kamaydi.
Ushbu tovarlarni Farg‘ona viloyatiga yetkazib berishning asosiy qismi:
Xitoy Xalq Respublikasi — 245,2 mln AQSH dollari
Hindiston —10,2 mln AQSH dollari
Turkiya davlati –11,3 mln AQSH dollariga toʻgʻri keldi.