Fargona viloyatida o‘tkaziladigan tanlanma kuzatuv maʼlumotlari natijasi bo‘yicha kichik korxona va mikrofirmalarning ishbilarmonlik muhiti holati tahlil qilinganda, korxonalar tomonidan o‘zlarining umumiy iqtisodiy vaziyatini joriy davr uchun qulay deb baholagan korxonalarning soni 2020-yilning III-choragida 404 tani tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2024-yilning III-choragiga kelib esa 605 taga yetgan yoki 2020-yilning III-choragiga nisbatan 201 taga ko‘paygan. Shuningdek, iqtisodiy vaziyatini qoniqarli deb baholagan korxonalarning soni 2020-yilda 794 ta bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2024- yilning yanvar-sentabrida 1075 ta yoki 281taga oshgan. O‘z nabatida, iqtisodiy vaziyatini qoniqarsiz deb hisoblagan korxonalarning ulushi esa 2020-yilda 183 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib 76 tani tashki letgan va bu ko‘rsatkich 2020- yilga nisbatan 107 taga kamaygan.