Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 15-noyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimlari xodimlari uchun “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati” mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi. Mazkur vebinarda hududiy statistika organlari tomonidan amalga oshirilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining ahvoli va mahallalarda ko‘chalarga nom belgilari va xonadonlarga raqam belgilarini o‘rnatish ishlarining holati muhokama qilindi. Shuningdek, vebinarda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning tarixi va mazmun-mohiyati batafsil tushuntirilib berildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi. Vebinar yakunida Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi xodimlariga oʻtilgan mavzu yuzasidan test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.