18/11/2024

Sanoat – iqtisodiy tarmoqlar ichida eng yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan hisoblanadi. Sanoat korxonalari soni jami korxona va tashkilotlarning 17,4 foiz ulushini tashkil etdi. Shundan – 94,8 foizini ishlab chiqarish sanoati, 2,6 foizini tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash, 1,7 foizini elektr, gaz bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash va 0,9 foizini suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish tashkil etgan.