18/11/2024

Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida viloyatimizning barcha hududlaridauy xo‘jaliklari so‘rovnomasi o‘tkazilmoqda. Jumladan, joriy yilning 18-noyabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi R.Vahobov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Uchko‘prik tumanidagi “Oltin Vodiy” MFYda istiqomat qiluvchi Sh.Ko‘shmakovalar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazilib, respondentdan olingan barcha ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.