19/11/2024

 

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida” gi O‘RQ-707-son qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2024-yil 4-mart kungi “O‘zbekiston Respublikasida Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-114-son qarorining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha  O‘zbekiston san’at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filiali talabalari  ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati bosh mutaxassisi B.Maksudova so‘z olib, O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida” gi O‘RQ-707-son qonunini qabul qilishdan maqsad — faqat qonun qabul qilish emas, aksincha, yangi qonun ertaga odamlarga qanday amaliy naf berishi, ularning hayotini qanday yengillashtirishi haqida o‘ylash va mavjud muammolarning qonuniy yechimini hal etishdan iborat ekanligi, ushbu qonunning qabul qilinishi natijasida: milliy statistika tizimi xalqaro standartlarga mos ravishda isloh qilinishi, mamlakatdagi rasmiy statistik ma’lumotlarni tayyorlovchi barcha organlarning statistika sohasidagi faoliyati tartibga solinishi, O‘zbekiston Respublikasida Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining hamda rasmiy statistikani tayyorlovchi boshqa idoralarning statistika sohasidagi professional mustaqilligi ta’minlanishi, foydalanuvchilarning ishonchli, sifatli va dolzarb rasmiy statistik ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilishi, rasmiy statistikaning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash borasidagi islohotlarning natijadorligini ta’minlanlash ko‘zda tutilganligi haqida ma’ruza qildi. Shundan song, notiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2024-yil 4-mart kungi “O‘zbekiston Respublikasida Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-114-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, aholini ro‘yxatga olish jarayoni 2025-2026-yillarda o‘tkazilishi, aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida axborot berdi. Tadbir yakunida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.