19/11/2024

2024- yil 1- noyabr holatiga ko‘ra,viloyatda tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar jami soni 1 439 ta miqdorida qayd etildi. Tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar jami viloyatdagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonaning 3,7 foiz ulushini tashkil etdi.

Tashish va saqlash xizmatlarining yo‘nalishlari bo‘yicha tahlillar shuni ko‘rsatdiki:
Quruqlikdagi va quvur transporti yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni 73,5 foizni
Ombor xo‘jaligi va yordamchi transport yo‘nalishining korxonalar soni 24,9 foizni
Pochta va kuryerlik yo‘nalishidagi korxonalar soni 1,5 foizni
Havo va suv transporti yo‘nalishidagi korxonalar soni 0,1foizni tashkil etgan.