Mas’uliyati cheklangan jamiyat –bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorda ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati hisoblanadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalari qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning o‘z hissasini to‘la qo‘shmagan ishtirokchilari, jamiyat majburiyatlari bo‘y icha har bir ishtirokchi hissasining to‘lanmagan qismi qiymati doirasida solidar javobgar bo‘ladilar.
2024-yilning 1-noyabr holatiga viloyatda yangi tashkil etilgan mas'uliyati cheklangan jamiyatlar soni 4 251 tani tashkil etdi.
20/11/2024