20/11/2024

Joriy yilning 20-noyabr  kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi mutaxassisilari  hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan hamkorlikda  Farg‘ona shahridagi “Sharof Rashidov” mahalla fuqarolar yig‘inida aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ishlari qanday ketayotganligi bilan  tanishdilar. Mahalla faollari yordamida ko‘chalar nomi belgilari ilinganligi va uylarni raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan tavsiyalar berildi.  Shundan so‘ng,  Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limining bosh mutaxassisi B.Ahadjonov tomonidan mahalla faollariga aholini ro‘yxatga olishning mazmun va mohiyati haqida qisqacha ma’lumot berildi. Chunonchi,  u aholini ro‘yxatga olish natijasida aholining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari hamda aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishi, migrasiya holati, mehnat resurslari kabi masalalarni hal qilinishida kelajakda  manzilli dasturlar ishlab chiqishi haqida so‘z yuritdi.