22/11/2024

O‘zbekiston Respublikasida mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning chuqur o‘ylangan strategiyasi izchil amalga oshirilmoqda. Davlatimiz iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarining muhim tarkibiy qismlaridan biri meva-sabzavot yetishtirishga qaratilgan. Bunday yondashuv aholi ehtiyojlarini to‘liq ta’minlash, ularning salomatligini saqlash va bandlik shart-sharoitlarini yaratishda asosiy yo‘nalishlardan biriga aylandi. 2024-yilning 1-noyabr holatiga Farg‘ona viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklari soni 10 532 tani tashkil etdi.

Hududlar bo‘yicha fermer xo‘jaliklarining salmoqli qismi:
Rishton tumani - 11,6 foiz
O‘zbekiston tumani - 10,6 foiz
Quva tumani - 9,1 foizga to‘g‘ri keldi.