25/11/2024

Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida viloyatimizning barcha hududlarida uy xo‘jaliklari so‘rovnomasi o‘tkazilmoqda. Jumladan, joriy yilning 21-noyabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi U.Turgunova tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Beshariq tumanidagi “Chorbog‘” MFYda istiqomat qiluvchi Niyozovalar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazilib, fuqarodan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.