Viloyatimizda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirish maqsadida Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi O.Holbekov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Buvayda tumanidagi “Dehqonobod” MFYda istiqomat qiluvchi I.Madaminovalar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. Fuqarodan olingan ma’lumotlarni joyida planshet qurilmasiga kiritildi.