Hukumat tomonidan qishloq xo‘jaligi va bog‘dorchilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotgani bois eksport qilinayotgan mahsulotlar sifati va hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Jumladan, 2024-yil yanvar-oktabr oylarida 364,1 ming tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatgich 2023-yilning mos davriga nisbatan 10,1 %ga ko‘paydi yoki 33,5 ming tonnaga ko‘paydi.