2024-yil yanvar-oktabr oylari yakuni bo‘yicha 241,9 mln AQSH dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 34,6 % ini tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 2,7 % ga ko‘paydi. Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida paxta ip (63,7 %), trikotaj mato (4,4%) va tayyor trikotaj va tikuvchilik kiyimlari (19,2 %) asosiy ulushni egallagan. Yil boshidan 135 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 43 ta davlatiga eksport qilindi.