03/12/2024

Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida viloyatimizning barcha hududlarida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda. Jumladan, joriy yilning 3-dekabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi D.Ortiqov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Farg‘ona shahridagi “Jo‘ydam” MFYda istiqomat qiluvchi A.Soliyevlar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazilib, fuqarodan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.