2024- yil yanvar-noyabr oylarida oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 304,4 mln AQSH dollari qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 49,3 % ga ko‘paydi va jami eksportdagi ulushi 39,4 % ni tashkil etdi. Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (75,1 %), Qozog‘iston (9,7 %) hamda Qirg‘iz Respublikasi (8,4 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.