Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida viloyatimiz hududlarida statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqamlashtirish va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Chunonchi, joriy yilning 25-dekabr kuni Quva tumani statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan Quva tumaniga qarashli “Novkent” mahalla fuqarolar yig‘inida yuqoridagi ishlar amalga oshirildi.