Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida viloyatimiz hududlarida statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan hakorlikda mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda. Joriy yilning 25-dekabr kuni Quvasoy shahar statistika bo‘limi boshlig‘i Q.Sodikov tomonidan Quvasoy shahriga qarashli “Zebuniso” MFYda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida mahallada raqamlashtirish ishlari to‘liq yakuniga yetkazilmaganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalarning mavjudligi aniqlandi. Ushbu o‘rganish natijasiga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tuman hokimligiga axborot kiritish ishlari amalga oshirildi.